Kim Chen In imijini o‘zgartirdimi?

KXDR yetakchisi Kim Chen In siyosiy byuro yig‘ilishiga yoqasi ochiq oppoq ko‘ylakda keldi, deb yozmoqda «Daily Mail».
Kim masofani saqlash qoidalarini ham unutmadi, biroq boshqa hamkasblaridan qolishmagan holda niqob taqmadi. Axir, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda koronavirus yo‘q, bo‘lishi mumkin ham emas...
Videodan olingan fotodan Kim Chen Inning kayfi chog‘ligini anglash qiyinmas. Hech qanday kasallik alomatlari ham sezilmaydi. Ustidagi oq ko‘ylak bichimidan ko‘proq pidjakni eslatadi.
Siyosiy byuro majlisida mamlakatni iqtisodiy yuksaltirish masalalari, xususan, qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it ishlab chiqarish mavzusi ko‘rib chiqilgan.
O‘ldiga chiqarishganidan keyin, bu Kim Chen Inning omma oldida ikkinchi marta ko‘rinish berishi. May oyidagi oldingi chiqishida o‘g‘it zavodini tantanali ravishda ochib bergandi. O‘sha safar uning qo‘lidagi g‘alati izni payqab qolgan jurnalistlar buni «tomizg‘i dori»niki bo‘lsa kerak degan taxminni ilgari surishgandi. Xorijning ayrim OAVlari KXDRni yaqin orada Kimning singlisi boshqara boshlaydi, degan mazmundagi maqolalarni chop etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter