Kim Chen In Rossiyada «tish-tirnog‘igacha qurollantirildi»
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaning Vladivostok shahriga safari chog‘ida Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyakodan o‘q o‘tkazmaydigan bronjilet va dronlar to‘plamini sovg‘a sifatida qabul qilib oldi.
Bu haqda Primore hukumati matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar bermoqda.
«Gubernator KXDR lideri Kim Chen Inga hujum operatsiyalari uchun qurol-aslaha to‘plamini sovg‘a qildi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu to‘liq himoyalangan yengil zirhdir. U Primore o‘lkasida ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, Kim Chen Inga beshta kamikadze dron, «Geranium-25» rusumidagi razvedkachi uchuvchisiz samolyot va termal kameralar ko‘rmaydigan himoya kiyimlari to‘plami sovg‘a qilingan.
O‘z navbatida Kim Chen In Rossiyaning Tinch okeani flotiga sovg‘a ulashgan, lekin uning nima ekan aytilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter