Kim Chen In koronavirusni og‘ir o‘tkazgani amaldorlarni yig‘latdi (video)
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Ye Chjon akasining COVID-19 bilan og‘rib, qanday qiynalganligi haqida gapirgan videosi tarqaldi.
Uning hikoyasi zaldagi rasmiylar orasida kuchli his-tuyg‘ularni uyg‘otgan.
Daily Mail nashrining yozishicha, Kim Ye Chjon akasi Kim Chen In kasalni «og‘ir o‘tkazgani» va «harorati yuqori bo‘gani» haqida gapirganda rasmiylar yig‘lab yuborgan.
Rasmiylarning ushbu ma’lumotga munosabati videoga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In epidemiyaga qarshi choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat koronavirusni yengganini tantanali ravishda e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter