Kim Chen In koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In epidemiyaga qarshi choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat koronavirusni yengganini tantanali ravishda e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 12-may kuni KXDRda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ilk holat qayd etilgan — Janubiy Koreyadan qaytgan odamda COVID-19 simptomlari aniqlangan edi.
Butun dunyo koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashgan ikki yil davomida Shimoliy Koreya o‘zini pandemiyadan xoli mamlakat deya e’tirof etib keldi. Nihoyat bu mamlakatga ham virus kirib kelgach, favqulodda vaziyat e’lon qilingandi.
Yonhap ma’lumotlariga ko‘ra, juda qattiq karantin choralari natijasi mamlakatda avgust oyida bitta ham koronavirusni yuqtirish holati aniqlanmagan.
Shimoliy Koreyada pandemiya davrida iyul oxiriga qadar 4 milliondan ortiq inson kovid bilan og‘rigan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter