Kim Chen In 20 kun deganda xalqqa ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In 20 kundan beri ilk marta ko‘rinish berdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Ryonxap (Yonhap) agentligi xabar berdi.
Kim Chen In 30-aprel kuni Sunchxon shahridagi o‘g‘it zavodi ochilish marosimida qatnashgan.
Shimoliy Koreya rahbari 12-apreldan so‘ng «yo‘qolib qolgandi», shundan keyin har xil gap-so‘zlar chiqib ketdi. Janubiy Koreyaning «Daily NK» nashri Kim Chen In operatsiyadan keyin davolanishda ekani to‘g‘risida yozganidan keyin turli OAV va ijtimoiy tarmoqlarda uning salomatligi xavf ostidaligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqadi. Hatto uni o‘ldiga chiqarganlar ham bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter