Kiyev elektr va suvsiz qoldi
Ukraina poytaxti yaqinidagi energetika obyektiga raketa zarbalari berilishi oqibatida Kiyevning 80 foiz aholisi ichimlik suvidan uzilib qoldi.
Kiyev shahri meriyasi ma’lumotiga ko‘ra, suv ta’minotini tezroq tiklash bo‘yicha ishlar ketmoqda.
Shaharliklarga esa yaqin-o‘rtadagi ishlab turgan suv manbalari yoki savdo nuqtalaridan suv g‘amlab qo‘yish tavsiya qilingan.
Bugun, 31-oktyabr tongida Ukraina, jumladan, Kiyevning muhim infratuzilma obyektlariga Rossiya raketa zarbalari berdi. Oqibatda poytaxt Kiyev elektrsiz va suvsiz qoldi.
Ayni paytda energetiklar Kiyevdagi 350 mingdan ortiq xonadonni ta’minlovchi energiya obyektini ta’mirlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter