Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiberjinoyat: Rossiyadagi telekanallardan birida Zelenskiyning murojaati qo‘yib eshittirildi (video)

Kiberjinoyat: Rossiyadagi telekanallardan birida Zelenskiyning murojaati qo‘yib eshittirildi (video)

Joriy yil 25-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:20 larda Rossiyaning Belgorod viloyatida xakerlar telesignallarni ruxsatsiz almashtirib, efirga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning murojaatini qo‘yib eshittirgan. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.

«Bugun, 25-yanvar kuni sun’iy yo‘ldoshdan televizion signalni ruxsatsiz almashtirishdi. Navbatchilar tezkorlikda zaxira sun’iy yo‘ldoshdan signal qabul qilishga o‘tishdi va televizor signalining eshittirishi odatdagidek davom etdi. Sabablari aniqlanmoqda», – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qrim rahbari maslahatchisi Oleg Kryuchkovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada ham xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan.

«Zelenskiyning murojaati telekanallar orqali translyasiya qilinmagan. Vaziyatni tushuntirishga harakat qilaman: Qrimda efirga uzatish ishonchli himoyalangan va hamma narsa dastur tarmoqlari bo‘yicha odatiy rejimda efirga uzatiladi. Jumladan, internet orqali uzatiladigan telekanallar ilovalari ham.

Ammo maxsus operatsiya (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, -tahr.) boshida ushbu ilovalarning dasturiy kodlari Ukraina maxsus xizmatlariga o‘tkazilgan. Hozirda hamma telekanallar ham, internetda ishlaydigan kabel operatorlari ham xavfsiz dasturiy ta’minotga ega deb bo‘lmaydi», – deydi Kryuchkov.

U shu sababli vaqti-vaqti bilan «bunday hodisalar» yuzaga kelishini qo‘shimcha qilgan va tez orada internet-ko‘rsatuvlar ishonchli himoya qilinishiga va’da bergan.

Rossiya hukumati vakillari kiberhujumda Ukraina xakerlari qo‘li borligini va ularga AQSh maxsus xizmatlari tomonidan yordam ko‘rsatilganligini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring