1 foizlik keshbek qachon qaytarilishi ma’lum qilindi
2022-yil 1-yanvardan QR-kodli xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foizlik keshbekka ega bo‘lmoqda.
Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik sub’yektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishi ma’lum qilindi.
Ya’ni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter