Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kerak bo‘lsa har kuni yangi dasturlar bilan tanishib chiqishimiz kerak bo‘ladi» (video)

«Kerak bo‘lsa har kuni yangi dasturlar bilan tanishib chiqishimiz kerak bo‘ladi» (video)

Foto: Xabar.uz

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatda axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish yo‘nalishlarida bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

Respublikada birinchilardan bo‘lib, 190 ta maktabgacha ta’lim va 315 ta Xalq ta’limi ob’yektiga to‘liq optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish ta’minlangan.

2021-yil tasdiqlangan yangi informatika fani maktab darsliklariga dasturlash tillari ham kiritilgan. Dasturlash tillari o‘quvchilarga oson bo‘lishi uchun 5–8-sinflarda Scratch dasturlash tili, 9-11 sinflarda esa C++ o‘rgatilishi maqsad qilib qo‘yilgan.

Joriy yilning 1 dekabridan boshlab, Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublikamizning barcha shahar va tumanlarida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini ushbu dasturlash tillari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish darslari tashkil etilgan.

«Xabar.uz» muxbirlari malaka oshirish kurslari bilan tanishish maqsadida navbatdagi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

«Men yoshim o‘tib qoldi, endi buni o‘rganishim qiyin bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim. 30 yil oldin biz universitetni ilk informatika fani qaldirg‘ochlari sifatida bitirganmiz. Bir kuni bizga dars xonalariga kompyuter kelarkan, deb aytishdi. Xursand bo‘ldik. Keyin katta-katta ekranli bir narsalar keldi. O‘shalar birinchi kompyuterlar ekan. Ularning tuzilishi juda sodda edi. Mana hozir hamma imkoniyatlar bor. Zamonaviy kompyuter xonalarida dars beryapmiz. Darslar ham ancha sodda o‘rgatilgan ekan. Boshida  C++ menga og‘irlik qiladi, bekor shu darslarga yozildim degan fikr ham bo‘ldi. Yo‘q, keyin hammasi o‘zimga, intilishimga bog‘liq ekanligini tushundim.  BePro IT Academy tomonidan bizga yuborilgan Sattorov Sharofiddin darslarni aynan biz kutgandek sodda tilda tushuntirib bermoqda. O‘ylaymanki, keyinchalik biz ham o‘quvchilarga yetkazishimiz oson bo‘ladi. Endi biz ham zamon bilan hamnafas ravishda yashashimiz kerak, yangi dasturlar bilan kerak bo‘lsa har kuni tanishib chiqishimiz zarur bo‘ladi»,— deydi biz bilan suhbatda 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi informatika va axborot  texnologiyalari fani o‘qituvchisi Eshaliyeva Maryam.

Sirdaryo viloyatida ham C++ dasturlash tili darslari 144 soat,  Scratch dasturlash tili bo‘yicha darslar 72 soat etib belgilangan. Mazkur kursni tugatgach o‘qituvchilar maxsus test sinovlaridan o‘tkazilib, ularga tegishli sertifikatlar taqdim etiladi.

Scratch – Massachusets texnologiya universiteti tomonidan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan tushunarli va qiziqarli dasturlash tili. Scratch dasturlash kursida darslar odatdagidan ko‘ra qiziqarli bo‘ladi.

Scratchda bolalar uchun o‘yinlarni dasturlash matnda emas, balki rang-barang bloklar orqali dasturlanadi. O‘rganish uchun maxsus bilim va tayyorgarlik talab qilinmaydi. Scratchda murakkab kodlar yo‘q. Shuningdek, buyruqlarni qo‘lda yozishga hojat yo‘q. Dastur Lego konstruktoridagi rangli vizual bloklar yordamida amalga oshiriladi. Dasturda har qanday vaqtda o‘zgarishlar qilishingiz mumkin, natija esa darhol ko‘rinadi. Yangilangan dastur nisbatan osonlashtirilgan. Sababi tillar tarkibida o‘zbek tili kiritilgan bo‘lib, endi unda ishlash uchun o‘zbekcha buyruqlar berish kifoya.

«Viloyatimizdagi 12 981 nafar o‘qituvchining 428 nafari informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradi. Bugungi kunda 292 nafar o‘qituvchilarimizni dasturlash tillari bo‘yicha o‘qityapmiz. Avvlroq 22 nafa o‘qituvchimizni Phyton dasturlash tilida o‘qitilgan edi», — dedi Viloyat XTB AKT bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mavlonov.

2-sonli IDUM informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi To‘xtasinova Madina, dasturlash tillari uni juda qiziq tirib qo‘yganligini, yozgi ta’til vaqtida BePro IT Academyda borib boshqa tillarga ham o‘qishni niyat qilganligini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, BePro IT Academy O‘zbekistondagi yetakchi o‘quv markazlaridan biri va O‘zbekiston korporativ xizmatlar bozorida yetakchi hisoblanadi.

O‘quv markazida O‘zbekistondagi eng keng kurslar mavjud. Sizga axborot va ofis texnologiyalari, jumladan, shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari uchun kurslar, loyihalarni boshqarish va IT menejmenti kurslari, menejment kurslari, tarmoq texnologiyalari, veb-texnologiyalar, buxgalteriya hisobi, 1C va yangi talablarga javob beradigan turli kurslar bo‘yicha o‘qitishning yuqori standarti kafolatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring