Keniyada karantin qoidalarini buzganlar shafqatsiz jazolanmoqda: 13 yoshli bolakay otib tashlandi
Keniya politsiyasi balkonda o‘ynayotgan va shu bilan koronavirus tufayli joriy etilgan komendantlik soatini buzgan 13 yoshli bolakayni otib qo‘ydi. «Daily Mail» gazetasining yozishicha, komendantlik soati boshlangandan bor-yo‘g‘i 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas bolaning qorniga o‘q kelib teggan.
Yasina Moyo ismli bolakay shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan, biroq hayotini saqlab qolisholmadi. Keniya prokuraturasi «daydi o‘q» tufayli yuz bergan hodisa yuzasidan tergov o‘tkazishga ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Keniyada koronavirusni yuqtirganlar taxminan 50 kishini tashkil etadi. Shunga qaramay, hukumat komendantlik soatini joriy etgan: u kechki soat yettida boshlanib, ertalab oltida tugaydi. Cheklov joriy etilgandan beri mamlakat politsiyachilari qoidalarni buzgan kishilarga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda bir necha bor ayblangan. Misol uchun, bir kishini qamchi bilan savalashgan bo‘lsa, yana bir kishini o‘lguncha do‘pposlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter