Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kengurular nega sakrashi aniqlandi

Kengurular nega sakrashi aniqlandi

Foto: Feerie.com.ua

Avstraliyaning Filinders universiteti tadqiqotchilari kengurular nega sakrashini aniqlashdi.

Ularning fikricha, harakatlanishning bu usuli — evolyusiyaning to‘rt oyoqlab yurishdan keyingi navbatdagi bosqichidir.

Olimlar sakrovchi kenguru jumbog‘ini yechish uchun uning yaqin qarindoshi va katta ehtimol bilan ajdodi — muskusli kenguruning harakatlanishini kuzatishdi (bu jonivorni kengurusimon kalamush ham deyishadi).

Bo‘yi atigi 20 santimetr, og‘irligi 500 gramm atrofida bo‘lgan bu sutemizuvchi ham ort oyoqlarida harakatlanadi, oldinga intilish uchun esa old oyoqlaridan foydalanadi. Zoologlarning aytishicha, bu to‘rt oyoqlab yurishdan ikki oyoqda yurishga o‘tish o‘rtasidagi oraliq bosqich bo‘lishi mumkin.

Muskusli kenguru.
Foto: iNaturalist

Olis o‘tmishda, xuddi boshqa xaltalilar singari, kenguruning ham to‘rt oyoqlab yurgan ajdodi yashagan bo‘lishi mumkin. So‘ngra muskusli kenguruga o‘xshagan mayda jonivor paydo bo‘lgan, u esa vaqtlar o‘tib sakrovchi kenguruga aylangan, deyishmoqda olimlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring