Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinni urgan kuyov kimligi aniqlandi

Kelinni urgan kuyov kimligi aniqlandi

Videodan skrinshot.

Shu yilning 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi  marosimida kelin va kuyovga o‘ralgan shirinlik berilib, uni kim birinchi bo‘lib ochish («Syurpriz» o‘yini) o‘yini o‘tkazilgan.

O‘yin davomida kelin birinchi bo‘lib shirinlikni ochganligi sababli kuyovning jahli chiqib ketib kelinni bir marta urgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan fuqaro X.R. (quyov) ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborildi.

Bundan tashqari, kuyov va kelin hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tish joizki, mazkur hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng muhokama qilingan. Jumladan, rus madaniyat vakillari tomonidan keskin tanqidga uchragan.

Shuningdek, video Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyada, qolaversa, Janubiy Koreya, Amerika, Sharq davlatlari YouTube kanallari va rasmiy nashrlarida mashhur bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring