Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi

Kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi

Surxondaryoda kelinni urgan kuyov kelinning da’vo arizasi bo‘lmagani uchun sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortilmagan. Bu haqda «Mening yurtim» telekanalidagi reportajda xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan to‘yda kuyov kelinga o‘yinda yutqazib qo‘ygani uchun qizning boshiga urgandi. Mazkur hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng muhokama qilingan. Jumladan, rus madaniyat vakillari tomonidan keskin tanqidga uchragan.

Shuningdek, video Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyada, qolaversa, Janubiy Koreya, Amerika, Sharq davlatlari YouTube kanallari va rasmiy nashrlarida mashhur bo‘lgandi.

Keyinroq kuyovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring