Kelin to‘y arafasida go‘zallik saloniga ketib, izsiz yo‘qoldi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 32 yoshli erkak bo‘lajak rafiqasining to‘satdan g‘oyib bo‘lgani haqida politsiyaga xabar berdi.
Bu haqda Moskva shahri axborot agentligi huquq-tartibot organlariga asoslanib ma’lum qildi.
Kuyovning so‘zlariga ko‘ra, kelin to‘y arafasida go‘zallik saloniga borgan. Biroz vaqt o‘tgach, u aloqaga chiqmay qo‘ydi va qaytib kelmagan.
Hozirda politsiya qizni qidirmoqda. Hozircha uning qayerdaligi noma’lum.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter