Kelasi yil so‘roq qiyin bo‘ladi — Sirdaryoda qurilish mas’ullari ogohlantirildi
Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevning ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021 yil yakunlari hamda 2022 yil dolzarb vazifalar to‘g‘risida murojaat qildi. AOKA tomonidan tashkil etilgan safar doirasida OAV vakillari ushbu kengashda ishtirok etdi.
Hokim o‘z nutqida tenderlar sifatsiz tashkil etilganiga urg‘u qaratgan.
— Hududlarga borsam sektor raxbarlari va aholi vakillari qurilish bo‘yicha e’tiroz bildiradi. Bir narsani ta’kidlab o‘tishni istardim, kelgusida yilda «bu ko‘chada yo‘l qolib ketibdi», «sim yog‘och o‘rnatilmay qolib ketibdi», degan gap bo‘lmaydi
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturiga kiritilgan ayrim joylarda yo‘lga asfalt tugul shag‘al ham to‘shalmagan. Qurilishlar chala qolib ketgan.
Bularning sababi — bir texnik nazoratchi besh-oltita obektlarni nazorat qilyapti. Bu bevosita qurilish sifatsizligini keltirib chiqaradi. Kadrlarning salohiyati yetmasligi sababli, obektlarda sifatsiz mahsulotlar ishlatilgan, — dedi hokim.
G‘ofurjon Mirzayev yig‘ilish davomida qurilishga mas’ul tashkilotlarni ogohlantirdi.
— Men bugun sizlarni Senator, deputat va huquqni muxofaza qiluvchi organlar oldida ogohlantiraman. Kelasi yil so‘roq qiyin bo‘ladi, — dedi G‘ofurjon Mirzayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter