Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksa Gorbachyovning sog‘lig‘i bo‘yicha yana ma’lumot berildi

Keksa Gorbachyovning sog‘lig‘i bo‘yicha yana ma’lumot berildi

Foto:«Interfaks»

Sobiq Ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti, 89 yashar Mixail Gorbachyov koronavirus pandemiyasi sharoitida shifokorlarning barcha ko‘rsatmalariga amal qilmoqda. Hozirda u o‘zini izolyasiya qilmoqda. Bu haqda Gorbachyov jamg‘armasi matbuot xizmati rahbari Pavel Palajchenko RIA «Novosti» xabar berdi.

Gorbachyov bilan uzoq vaqt ishlagan tarjimon sobiq siyosatchi cheklovlarni hurmat qilganini tasdiqladi. «Hammamiz yaxshi tushunamizki, bu yoshda shifokorlar rejimga rioya qilishni qat’iy talab qiladilar», - deya tushuntirdi sobiq yordamchisi.

Palajchenkoning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentning kayfiyati yomon emas. Ular doimiy aloqada bo‘lib turishibdi.

Kuni kecha Gorbachyovning qarindoshlari undan xabar olmay qo‘ygani haqida xabarlar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring