Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kechasi ishlash qarishni tezlashtiradi

Kechasi ishlash qarishni tezlashtiradi

Foto: Biomolekula

London Qirollik kolleji olimlari sirkadiyalik ritmlarning buzilishi, masalan, tungi navbatda ishlaganda, mushak to‘qimalarining qarishini tezlashtirishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etilgan.

Olimlarning tushuntirishicha, har bir mushak hujayrasida oqsilning shikastlanishi va tiklanishining kunlik siklini tartibga soluvchi o‘z ichki soati bor. Kunduzi mushaklar stressga uchraydi, kechasi esa shikastlangan oqsillardan tozalanadi, bu ularning tiklanishiga yordam beradi.

Ushbu mexanizmni o‘rganish uchun tadqiqotchilar genlari odamnikiga 70 foiz o‘xshash bo‘lgan zebra baliqlarning (Danio) foydalanganlar. Ularning mushaklaridagi biologik soat uchun mas’ul bo‘lgan genlari o‘zgartirildi. Ikki yillik kuzatuvlar natijasida bu baliqlar vazn yeg‘masdan kichrayib, zaiflashdi.

Shu bilan birga shunga o‘xshash muammolar tunda doimiy ishlagan yoki o‘qigan odamlarda kuzatilgan.

Natija shuki, tunda uxlamaslik baliqlarda ham, insonlarda ham sog‘lom mushak massasining yo‘qolishiga olib kelgan va ularning kundalik faoliyatini zaiflashtirgan.

Birgina buyuk Britaniyada tunda to‘rt millionga yaqin odam ishlaydi va bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, bu mushaklarning qarishini tezlashtirishi mumkin", dedi London universiteti tadqiqotchisi Jefri Kelu.

Bundan tashqari, olimlarning fikriga ko‘ra, olingan ma’lumotlar mushak to‘qimalarida biologik soatni tartibga solishga qodir dorilarni ishlab chiqishda yordam beradi. Ulardan foydalanish aholining zaif guruhlarini (masalan, qariyalar) tananing tez charchashidan himoya qiladi.

Mushaklar degradatsiyasi va erta qarishni oldini olishning yagona usuli - kechasi kamida 7-8 soat uxlash. 

Aks holda, mushak hujayralari yangilanishga vaqt topolmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring