Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kechagi tashrif haqida aytilmagan gaplar

Kechagi tashrif haqida aytilmagan gaplar

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha O‘zbekiston Prezidentining Gematologiya hamda Onkologiya va radiologiya markazlariga tashrifi to‘g‘risidagi quruq rasmiy xabarlarning ortida, ehtimol, asosiy narsa qolib ketdi – bu berilgan umid, deb yozadi «Nigoh».

Prezident onkologiyaning bir necha yillar davomida hal qilinmagan dolzarb muammolarini ko‘taribgina qolmay, yangi onkologik tibbiyot markazlarini qurish, hayotni saqlab qoladigan PET uskunalari va mammograflar xarid qilish bo‘yicha qarorlar qabul qildi. U deyarli har bir kasal bolaning holidan xabar oldi, ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi, to‘g‘ri so‘zlarni topa oldi, kasallik ustidan g‘alaba qozonishga ishonchni kuchaytirdi. Buni uddalay olganini ularning tabassumlarida, ota-onalarining minnatdorchilik ko‘z yoshlarida ko‘rish mumkin edi.

Hech kim e’tiborsiz qolmadi. Bolalarga zamonaviy protezlar beriladi, ularning davolanishiga xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi, ba’zilar oliygohga kirdi, kimdir esa yo‘l harakati xavfsizligi inspektori bo‘ldi.

Darhaqiqat, kecha ular o‘zlarining kasalliklari bilan yolg‘iz qolishmaganligini his qilishdi. Ular kurashni davom ettirish uchun kuch zaryadini oldilar, oldinda to‘liq va qiziqarli hayot bo‘lishiga ishonishdi.

Prezident har kimning taqdirini shaxsiy nazoratiga olishini va u uchun eng katta minnatdorchilik ota-onalarning farzandi sog‘ayib ketgani haqidagi xati bo‘lishini aytdi.

Bundan tashqari, Prezident barcha hududlar rahbarlari bilan videokonferensaloqa o‘tkazdi. Aslida u hokimlarni undan o‘rnak olishga, saraton bilan kasallanganlarni davolash sohasida vaziyatni nafaqat bir martalik, balki tizimli ravishda nazorat qilishga majbur qildi. Yig‘ilishda hududlar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan tadbirlar rejalariga ko‘ra, uning murojaati befarq qolmagani aniq edi.

Dabdabali so‘zlarsiz, kechagi kun Prezident uchrashuvida qatnashganlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bolalarga sog‘ayish umidini berishdi va bu, shubhasiz, asosiy narsa. Biz esa, qanday qilib ozgina mehribon bo‘lib, boshqalarning muammolariga diqqatli bo‘lishimiz, yaqinlarimizga rahm-shafqat ko‘rsatishimiz, ularga yordam qo‘lini cho‘zishimiz haqida o‘ylashimiz kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring