Kecha ro‘y bergan zilzilada Pokistonda odamlar halok bo‘ldi
Epimarkazida 6.6 magnitudali zilzila Pokiston, Afg‘oniston va Tojikiston mamlakatlari chegarasiga yaqin hududda kuzatilgan.
Pokiston favqulodda vaziyatlar xizmati vakiliga ko‘ra, zilzila kuchidan Pokistonning shimoli-g‘arbiy viloyati Xayber Pantunxvada 9 kishi, Afg‘onistonda esa ikki kishi halok bo‘lgan. 100 dan ortiq odamlar shifoxonalarga yotqizilgan.
Zilzila Hindikush tog‘ tizmalarida ko‘chkilarni keltirib chiqargan. Ko‘chkilar tog‘ yo‘llariga tushib transport harakatini cheklab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston hududida 5-6 ballni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter