Kecha kunlik rekord yana yangilandi

30 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 79310 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinatsiya boshlangandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 797 781nafarga yetdi.
30 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (12 685 nafar),
- Andijon viloyati (10 026 nafar),
- Namangan viloyati (9397 nafar),
- Samarqand viloyati (7779 nafar) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 117 843 nafar,
- Namangan viloyatida 84 874 nafar,
- Andijon viloyatida 82 268 nafar,
- Samarqand viloyatida 77 364 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter