O‘lim jazosining «insonparvarlik» jihati
Tayvan hukumati o‘lim jazosini «insonparvarlik» nuqtai nazaridan qatl etishning yangi qoidalarini ishlab chiqdi. Biroq huquqni muhofaza qiluvchilarning fikricha, bu qadam mazkur amaliyotni battar kuchaytiradi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bergan.
OAVning ma’lum qilishicha, qatl paytida mahkumga dastlab tinchlantiruvchi dori beriladi, so‘ng yuztuban yotqiziladi va orqasidan o‘q uziladi. Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan yangi qoidalarga ko‘ra, endi mahkum jallodni ko‘rmasligi uchun kapyushonda bo‘lishi to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ularga oxirgi marta diniy marosimlarini o‘tkazishga, audio yoki video orqali qarindoshlariga vidolashuv so‘zlarini yozib qoldirishga ruxsat beriladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi «Amnesty International Taiwan» tashkiloti direktori Chiu E-linning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim jazosi — shafqatsiz va g‘ayriinsoniy jazolash usuli hisoblanadi, shu bois «uni yanada insoniylik bilan amalga oshirish to‘g‘risida gapirish bema’nilikdir». O‘z navbatida o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha Tayvan ittifoqi ijrochi direktori Lin Sin-iy hukumatni o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirgan. Uning aytishicha, qatl etishning insoniy jihati bo‘lmaydi, shu bois hukumat bunday jazo turidan voz kechishi zarur.
2010 yilda Tayvan besh yillik tanaffusdan so‘ng o‘lim jazosi amaliyotini tikladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter