Namanganda kredit olishda sarson bo‘lgan bir guruh fuqarolarga yordam berildi

Namangan viloyati Chortoq tuman Bozorboshi MFYda yashovchi fuqarolar Qurbanova Umida, Ergashev Sanjar, Asroydilova Nodira asalarichilik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kredit olish maqsadida yelib yugurushlari besamar ketgach, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishadi.
Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq Federatsiya mutasaddilari hamda tijorat bankining Chortoq tuman bo‘limi mutaxassislari va murojatchilar ishtirokida o‘rganildi. Arizachilarga «Xar bir oila – tadbirkor» Davlat dasturi asosida imtiyozli kredit uchun asalarichilik bilan shug‘ullanishga jami 89 991 000 so‘m mablag‘ ajratilib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter