«Katta yettilik» dushanba kuni onlaynda uchrashadi
RT xabariga ko‘ra, G7 mamlakatlari yetakchilari dushanba, 16-mart kuni navbatdan tashqari uchrashuvga «yig‘iladi» — videokonferensiya-majlisda COVID-19 infeksiyasining global oqibatlari muhokama qilinadi.
Davlat rahbarlari pandemiyaning iqtisodiyotga ta’siri, sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rilayotgan choralar, ilmiy tadqiqotlar borasida fikr almashadilar.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyaga aylangani 11 mart kuni JSST tomonidan rasman tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter