Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta Dubulg‘a»: Umar Bozorov oltin medal sohibi

«Katta Dubulg‘a»: Umar Bozorov oltin medal sohibi

Shu yilning 21-23 mart kunlari Gruziyada dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turniri bo‘lib o‘tdi va musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakili Umar Bozorov -90 kg vazn toifasida oltin medal sohibiga aylandi.

Tbilisi shahrida o‘tgan turnir finalida Bozorov fransiyalik Aleksis Metyuni mag‘lub etdi. Turnirda, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasidan -66 kg vazn toifasida Azizbek Ortiqov va Abdurahim Nutfullayev bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, 52 davlatdan jami 352 nafar sportchi qatnashgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring