+274. Kasallik yuqtirish holatlari kamaymayapti
2020-yil 26-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20226 (+274) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent viloyatida, 90 nafari Toshkent shahrida, 29 nafar Sirdaryo viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 10831 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9283 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter