Kartoshka yetishtirish ko‘paydi, biroq importi ham oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 16 mamlakatdan 65,9 mln AQSh dollari qiymatidagi 404,1 ming tonna kartoshka import qildi.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,7 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
- Pokiston — 258,2 ming tonna
- Qozog‘iston — 96,3 ming tonna
- Qirg‘iziston — 16,8 ming tonna
- Rossiya — 15 ming tonna
- Niderlandiya — 6,3 ming tonna
- Eron — 5,6 ming tonna
2022-yilning sentyabriga qadar respublikamizda 2,6 mln tonna kartoshka yetishtirildi. Kartoshka yetishtirish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,6 foizga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter