Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini soliq organlari nazorat qilish talabi bekor qilindi

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini soliq organlari nazorat qilish talabi bekor qilindi

Kecha, 8-may kuni Prezidentning «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan birinchi galdagi vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, farmon bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalda ro‘yobga chiqarish va qonunchilikning unga zid qoidalarini bekor qilish bo‘yicha bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan quyidagi vazifalar belgilandi.

Unga ko‘ra, «mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasiga, bank operatsiyalarining sir tutilishiga oid konstitutsiyaviy kafolatlarni ta’minlash maqsadida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi (Konstitutsiyaning 41-moddasi)». 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur tartibni qanday amaliyotga kiritib olgani, jamoatchilikdan himoya qilayotgani va boshqa urinishlari haqida materiallar e’lon qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring