Karmanalik otaxon endi uyini nabirasiga meros qilib qoldira oladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyun kungi 461-sonli qarori bo‘yicha fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turor joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik 2019 yil 1 may kuniga qadar umumdavlat aksiyasi e’lon qilingan edi.
Prezidentimiz tashabbusi bo‘lgan ushbu aksiyadan maqsad, bolajon xalqimizning shu paytga qadar ruxsatnoma olmasdan qurgan imoratlarini asrab qolishdan iboratdir.
Bu nima degani? Bu yangilanayotgan O‘zbekiston uchun bunyodkorlik yarashadi, birgina Karmana tumanida 205 nafar fuqaroga uy-joy kadastr hujjatlari topshirildi degani.
Bu bevosita davlat rahbarining g‘amxo‘rligi bo‘lib, ota meros uyda imorat tiklagan, ammo har lahza qurgan uy-joyning noqonuniyligidan hadiksirab yurgan, bugun uy-joy hujjatlarini qo‘lga kiritgan Salim bobo hayotidan rozi degani.
Hovli endi Salim boboning nabirasi Boburjonga meros qoladi, nabiraning sunnat to‘ylari bobomeros hovlida o‘tadi, befarq yurgan aholi bo‘lsa 20 aprelgacha hujjat topshirishga ulgurib qoling, farzandlar kelajagini o‘ylang degani.
Eng asosiysi, vatan ichra vatan bo‘lgan hovlilarda oilasi bilan xavotirda yashab kelayotgan minglab yurtdoshlarimiz uchun cheksiz imkoniyat va xursandchilik degani.
Ma’lumot uchun: Qariyb bir yil mobaynida ushbu Farmon targ‘iboti bo‘yicha Navoiy viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda davlat xizmatlari markazi hamkorligida 3000dan ortiq huquqiy tushuntirish kabi targ‘ibot loyihalari tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter