Karmanada 52 oilaga uy kaliti topshirildi
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi «Vark» va «Paxtaobod» massivlarida 52ta 2 sotixli namunali uylar o‘z egalariga topshirildi.
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 32 nafar yosh oilalar uchun ham uy-joylar ajratildi.
Gulchehra Rasulova shifokor. Anvar Muhammadiyev bilan turmush qurganiga 9 yil bo‘lgan. Ikki nafar farzandi bilan yillar davomida ijarada yashab kelgan. Bugun ushbu oilaga ham 3 xonali arzon uy nasib etdi.
Shuningdek, Gulzoda Naimova «Qodiriy» axborot-kutubxona markazida ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Salimjon Holiqulov oddiy ishchi. Ular ham bir necha yil ijarama- ijara yashardi. Endi «Paxtaobod» massivida o‘z uyi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter