Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida ommaviy mushtlashuv kuzatildi. Ixtiyorimizdagi videolavhada nainki sportchilar, hatto hakamlar va murabbiylar o‘rtasidagi dahanaki janglar «qo‘l jangi»ga aylanib ketganini ko‘rish mumkin.

Holatga izoh so‘rab, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi vakili H.Mahbubov bilan bog‘landik.

Vakil mushtlashuv bo‘lganini inkor etmadi, shu barobarida holat bo‘rttirilgani, «pashshadan fil yasamaslik»ni ta’kidlab,  bir qancha  shaxslarga nisbatan xizmat surishtiruvi boshlangani, bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilajagini aytdi.

Biroq lavhalarni takror-takror ko‘rgach, vaziyatni bo‘rttirishga hojat yo‘qligi, O‘zbekiston kubogidek nufuzli musobaqada bunday sharmandali holatlar ro‘y berganini hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi, degan xayolga borasan, kishi.

O‘zi shundog‘am O‘zbekistonda sportning karate turi jar yoqasiga kelib qolgan deyish mumkin.  Buni qo‘yidagi raqamlardan ilg‘ash qiyin emas.

O‘tgan bir yil davomida Tokio olimpiyadasiga yo‘llanma beruvchi o‘n to‘rtta xalqaro musobaqa o‘tkazildi, ularda ishtirok etgan vakillarimizning natijasidan faqat uyalish mumkin. Ya’niki, yurtimiz sportchilari o‘tgan o‘n to‘rtta xalqaro musobaqaning ikkitasi umuman ishtirok etmagan,  o‘n bittasida (!) esa birorta o‘rin nasib etmadi.  Faqat  o‘tgan yili Yaponiyada bo‘lib o‘tgan (Premier League Tokio-2018) musobaqada bitta sportchimiz uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘zimiz mezbon (!) bo‘lgan  Osiyo chempionatida (Toshkent-2019) uchta birinchi, bitta ikkinchi va uchta uchinchi o‘rinlar «zabt etilgan».

Holbuki, yaqin-yaqingacha o‘zbek karatechilari xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga edi. Taassuf...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring