Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinni buzish holatlari 25 mingdan oshdi. Jizzaxda harbiydan qaytgan o‘g‘il ziyofati to‘xtatildi

Karantinni buzish holatlari 25 mingdan oshdi. Jizzaxda harbiydan qaytgan o‘g‘il ziyofati to‘xtatildi

Foto:«Elgezit»

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 25 057 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ular:

- Toshkent shahrida – 4 241 ta holat;

- Farg‘ona viloyatida – 3 019 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 2 641 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 2 449 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 1 977 ta holat;

- Namangan viloyatida – 1 727 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 503 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 451 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 1 399 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 330 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 121 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 040 ta holat;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 867 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 292 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 3-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashovchi 1984- y.t. Sh.X. maxsus ruxsatnomasiz avtomobilida fuqarolarni tashiganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

3 aprel kuni, Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida yashovchi 1967-y.t. X.Q. o‘zining o‘g‘li M.Q. 28-mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytganligi munosabati bilan o‘zining uyida o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshlarini yig‘ib marosim o‘tkazayotganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring