Karantinda maishat. Tarmoqlarda Uychi hokimining «biti to‘kilayotgani» aks etgan lavha tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Uychi tumani hokimi deyilayotgan shaxs yaqinlari bilan maishat qilayotganiga oid lavha tarqaldi.
Unda hokim ekani aytilgan shaxsning mastona harakatlari aks etgan. Aftidan, maishat xonadonda uyushtirilgan va unda o‘nga yaqin insonlar ishtirok etgani ko‘rinadi. E’tiborlisi, «mashvarat»ga mahalliy san’atkorlar ham taklif etilib, hokim buva ularga o‘z «san’ati»dan «master-klass» o‘tayotgani ham anglashiladi.
Aytilishicha, hokim va uning yaqinlari rosa yayragan voqelik 26-iyul - shanba - karantin qoidalari kuchaytirilgan kuni bo‘lib o‘tgan.
Lavha bo‘yicha Namangan viloyat hokimiligi yoki boshqa vakolatli organlar hozircha bayonot bergani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter