Xonasini 8 soniyaga tark etgan mehmonga 3500 dollar jarima solindi
Tayvandagi mehmonxonada joylashgan filippinlik xonasini 8 soniyaga tark etib, o‘zini ihotalash tartibini buzgani uchun uchun 3500 dollar jarimaga tortildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bu erkak qo‘shni xonada joylashgan do‘stining eshigi oldida narsalarini qoldirish uchun o‘z xonasini atigi 8 soniyaga tark etib, koridorga chiqqan.
Qoidabuzarlik kameralarga tushib qolgan, buni bilgach, mehmonxona ma’murlari darhol shahar sog‘liqni saqlash departamentiga sim qoqishgan.
Filippinlik mehmon hech kim bilan muloqotda bo‘lmagan, mehmonxona hududidan tashqariga chiqmagan bo‘lsa-da, departament 100 ming tayvan dollari (3,5 ming AQSh dollari atrofida) miqdorida jarima yozib ketgan.
Pandemiya boshlanganidan beri Tayvanda qattiq karantin joriy etilmagan: faqat aholidan yoppasiga test olinib, mamlakatga kiruvchilar qattiq nazorat qilinyapti. Mahalliy qonun chegaradan kirib kelgan sayyohlar va ishchilarning ihotalash tartibiga olingan joylarni tark etishini man qiladi.
Orol-mamlakat Tayvanning 23 million aholisi bor, pandemiya boshlanganidan beri kovid bo‘yicha 716 ta holat aniqlangan. Koronavirusga qarshi kurashishda katta Xitoy (qit’a)dan aslo qolishayotgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter