Karantin paytida kommunal xizmatlar to‘lovida imtiyozlar beriladimi?
Karantin paytida kommunal xizmatlar (ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda imtiyozlar beriladimi? Bu savolga Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining matbuot kotibi A.Ahmedov javob berdi:
– Ichimlik, oqova, issiq suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga Karantin davrida to‘lovlar uchun jarimalar va peniyalar joriy etilmaydi hamda qarzdor iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilmaydi, iste’molchilar suv va kanalizatsiya tarmoqlardan uzilmaydi.
Bundan tashqari, suv hisoblagichlarning davlat qiyoslov ko‘rigi muddati yaqinlashgan yoki muddati kelgan suv hisoblagichlari bo‘yicha hisob kitoblar avvalgi o‘rtacha kunlik me’yorlar asosida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter