Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin payti: IT-Parkdan «Online Open Sessions» — yangi qiziqarli loyiha!

Karantin payti: IT-Parkdan «Online Open Sessions» — yangi qiziqarli loyiha!

Foto: IT-Park axborot xizmati

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, IT-Park yangi «Online Open Sessions» loyihasini ishga tushirdi. Onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiyaga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan. 

Dasturda o‘rin olgan ma’ruzalar — startaplarga ko‘mak berish va rivojlantirish, venchur moliyalashtirish, axborot texnologiyalari, menejment va boshqalar.

Ma’ruzalar Zoom platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Agarda ciz «Online Open Sessions»da ishtirok etishni xohlasangiz, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 

Onlayn-ma’ruzalarning dasturi va jadvali:

  1. Mavzu: «Mahsulotni qanday «o‘lchash» mumkin?». Spiker: Bobur Nurmuhammedov. Sanasi: 01.04.2020. Vaqti: 18:30;
  2. Mavzu: «Growth Hacking». Spiker: Bobur Nurmuhamedov. Sanasi: 03.04.2020. Vaqti: 18:30;
  3. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 04.04.2020. Vaqti: 11:00;
  4. Mavzu: «How the market works and how to indentify it». Spiker: «iCreate» vakili (Hindiston). Sanasi: 06.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  5. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulahad Qo‘chqorov. Sanasi: 07.04.2020. Vaqti: 16:00;
  6. Mavzu: «Methodology of CustDev». Spiker: «iCreate» vakili (Hindiston). Sanasi:10.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  7. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 11.04.2020. Vaqti: 11:00;
  8. Mavzu: «Creating a Business Model Canvas». Spiker: «iCreate» vakili (Hindiston). Sanasi: 13.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  9. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulahad Qo‘chqorov. Sanasi: 14.04. Vaqti: 16:00;
  10. Mavzu: «Startup’s Financial Mechanics». Spiker: «iCreate» vakili (Hindiston). Sanasi: 17.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
  11. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 18.04.2020. Vaqti: 11:00;
  12. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulahad Qo‘chqorov. Sanasi: 21.04.2020. Vaqti: 16:00;
  13. Mavzu: «Digital Marketing». Spiker: Aleksandr Solovyov («Qmarketing», Rossiya). Sanasi: 23.04.2020. Vaqti: 18:30;
  14. Mavzu: «Online Open Pitch». Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 25.04.2020. Vaqti: 11:00;
  15. Mavzu: «Startup Advice». Spiker: Abdulahad Qo‘chqorov. Sanasi: 28.04.2020. Vaqti: 16:00;
  16. Mavzu: «Customer Development». Spiker: Danil Konovalov (Internet-tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi eksperti, Rossiya). Sanasi: 29:04. Vaqti: 18:30.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring