Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin markazida fuqaro o‘zini osdi. Nima bo‘lgan edi?

Karantin markazida fuqaro o‘zini osdi. Nima bo‘lgan edi?

Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin zonasi.

Kecha Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida saqlanayotgan 42 yoshli fuqaro o‘zini o‘zi osgani haqida xabarlar taqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan bo‘lgan fuqaro S.S. shu yilning 15 iyun kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan barcha yo‘lovchilar qatori Yuqorichirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markaziga joylashtirilgan.

S.S. avvaliga karantin markazidagi 4 kishiga mo‘ljallangan konteynerga joylashtirilgan. Biroq  o‘zini agressiv tutib, ovqatlanishdan bosh tortib, virusga chalinganini aytib, alohida xonaga joylashtirishni talab qiladi. Uning talabidan kelib chiqib, qolaversa, markazda tinchlikni saqlash maqsadida u alohida xonaga o‘tkaziladi.

Ertasi kuni S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tkazilib, unga «psixoz» tashxisi qo‘yilgan.

Oradan to‘rt kun o‘tgach, ya’ni 20 iyun kuni ertalab, nonushta olib kelgan hamshira fuqaro S.S.ni konteynerga o‘rnaltilgan konditsioner parragiga choyshab bilan o‘zini osib osgan holda ko‘radi.

Marhumning bo‘yin qismidagi strangulyasion egatdan tashqari boshqa turdagi tan jarohatlari, shuningdek, Virusologiya markazi mutaxassislarining dastlabki xulosasiga ko‘ra, unda «Covid-19» koronavirusi alomatlari aniqlanmagan.

Ayni paytda Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tergovga qadar tekshiruv doirasida fojia sabablarini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati Rishton tuman IIB boshlig‘iga alohida topshiriq yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring