Kanalga qulagan «Damas» olib chiqildi
Joriy yilning 20-iyul kuni soat 08:25 atrofida Jarqo‘rg‘on tumani «G‘ur-g‘ur» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi «Amuzang» kanaliga fuqaro T.A.ga tegishli «Damas» rusumli avtomashina haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqishgan. Transport vositasi kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritilgan va samarali, tezkor harakatlar natijasida avtomashina suvdan olib chiqilgan. Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter