FVV xodimi Bekobodda cho‘kayotgan yosh bolani qutqarib qoldi
18-iyun kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Xosyoz» kanalining qirg‘oqbo‘yi hududida Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli Yong‘in-qutqaruv qism qutqaruvchisi serjant Jasur Umirzoqov kanalda go‘dak oqib ketayotganligini ko‘rib qolgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, xodim hech o‘ylab o‘tirmay, darhol o‘zini suvga tashlagan.
Go‘dakni kanaldan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga topshirgan. Voqea joyiga chaqirtirilgan tez-tibbiy yordam xizmati go‘dakni shifoxonaga olib ketgan.
Hozirda bolaning sog‘lig‘i yaxshi ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter