Kanada Ukraina uchun NASAMS zenit tizimini sotib oladi
Kanada rasmiylari AQShdan NASAMS zenit-raketa majmuasini (SAM) va tegishli o‘q-dorilarni 400 million dollarga sotib olib Ukrainaga topshirishini ma’lum qildi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo matbuot xizmati xabar berdi.
«Kanadaning sovg‘asi Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimini harbiy ob’yektlar, fuqarolik muhim infratuzilmalari va aholi punktlariga halokatli havo hujumlariga qarshi kuchaytirishga yordam beradi», – deyiladi xabarda.
Bu yordam 2022-yil 14-noyabrda Bosh vazir Tryudo tomonidan e’lon qilingan Ukrainaga 500 million dollar miqdoridagi qo‘shimcha harbiy yordam paketining bir qismi hisoblanadi.
Kanada mudofaa vaziri Anita Anand 2022-yilning fevral oyidan beri Ottava Kiyevga harbiy yordam uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter