Kanada epidemiyaga oid dahshatli prognozini yashirib o‘tirmadi
Kanadada yangi koronavirus tufayli qurbonlar soni 11 — 22 ming kishini tashkil etishi mumkin, deyiladi hukumat saytida chop etilgan mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.
Shuningdek, mamlakat hukumati pandemiya so‘ngiga qadar kanadaliklar keyingi bir necha oy davomida xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilgan taqdirdagina Kanadada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 934 ming bilan qariyb 1,9 million atrofida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi prognoziga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashda barcha choralarga amal qilingandagina 2020-yil yoz oylariga borib kasallik tarqalishi kamayishiga erishish mumkin.
9-aprel mahalliy vaqt bilan soat 11:02 holatiga ko‘ra (20:02) mamlakatda COVID-19 ga jami 373 581 ta test o‘tkazilgan bo‘lib, 19 759 kishida virus aniqlangan, 461 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter