Kanada — AQSh chegarasini tasodifan kesib o‘tgan sayyoh ikki hafta qamoqda saqlandi
![Kanada — AQSh chegarasini tasodifan kesib o‘tgan sayyoh ikki hafta qamoqda saqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2551938324.jpg)
Yugurishga chiqqan fransiyalik sayyoh ayol Sedella Roman bilmasdan Kanadadan AQShga o‘tib ketgan va shu yerdagi qamoqxonada ikki hafta saqlangan. «Regnum» yozishicha, bu xabarni ayolning ko‘rsatmalari asosida «The Independent» gazetasi tarqatgan.
Sayyohning o‘zi esa yugurishga chiqqanida chegara hududida turganini ko‘rsatuvchi hech qanday belgilarni ko‘rmaganini ta’kidlagan. U shunchaki suratga tushish uchun so‘qmoqdan chetga chiqqanini aytgan.
Yonida hujjatlari bo‘lmagani uchun fransuz sayyohi Amerika qamoqxonasida ikki hafta ushlab turilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter