«KamAZ»: reyting pasaytirildi, prognozlar negativ
Moody's xalqaro reyting agentligi «KamAZ» OAJ (shtab-kvartirasi Tataristonda joylashgan) reytingini «B3»dan «Ba3»gacha pasaytirdi. Shuningdek, kompaniyaning asosiy kredit reytingi ham «Caa1»dan «B3» darajasigacha tushirildi. Bu haqda «REGNUM» agentlikning matbuot-reliziga asoslanib xabar tarqatdi.
Agentlik bu holatni «Rostex» davlat korporatsiyasi 47 foizdan ko‘p aksiyalarga ega ushbu avtokonsernda «Rossiya yuk avtomobillari bozorida pasayishlar fonida qarz mablag‘lari hisobidan mahsulot va ob’yektlarni modernizatsiyalash ishlari davom ettirilayotgani» bilan izohladi.
«Moody's Rossiyada yuk avtomobillariga talabning kuchsizligi kompaniya kredit ko‘rsatkichlari tiklanish potensialini kamida 2020 yilgacha cheklab turishini kutmoqda», — deyiladi relizda.
2019-yil uchinchi choragidan so‘ng «KamAZ» konserni sof foydasi 1,76 foiz manfiy ko‘rsatkichga, o‘z kapitallari rentabelligi -4,09 foizga tengligi haqida «REGNUM» xabar bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter