Kalta paypoqli o‘quvchilar qaysi maktabda tekshirilgani ayon bo‘ldi. XTV holatni o‘rganmoqda
Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Bloger Shahnoza Soatova Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat bo‘yicha post e’lon qilingandi. Unda dars paytida bolalarning oyoq kiyimi yechtirilib, paypog‘i tekshirilgani, kalta paypoqlilarni suratga olishgani qayd etilgandi.
«Mazkur holat internet tarmog‘ida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Dastlab, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda mazkur hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan va hozirda haqiqiy holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda», deyiladi XTV munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter