Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniyada ommaviy qotillik yuz berdi, yetti kishi o‘lgan

Kaliforniyada ommaviy qotillik yuz berdi, yetti kishi o‘lgan

AQShning Kaliforniya shtatidagi Half Mun Bey shahrida qo‘ziqorin yetishtiruvchi ferma va yuk tashuvchi kompaniyada sodir bo‘lgan otishmada yetti kishi halok bo‘ldi. Bu Kaliforniyada ikki kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi ommaviy qotillikdir.

Shu fonda AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressni hujum qurollarini taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Half Mun Bey shahridagi otishmada gumonlanuvchi qo‘lga olindi - bu 67 yoshli Chjao Chang Lidir. Xitoylik qishloq xo‘jaligi sohasi ishchilari jinoyat qurboni bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC.

22-yanvar kuni Monterey shahrida Xitoy Yangi yilini nishonlash chog‘ida ham xunrezlik yuz bergandi.  Dastlab o‘n kishi halok bo‘lgani, yana o‘n kishi yaralangani xabar qilingan. 23- yanvar kuni qurbonlardan yana biri vafot etdi. Gumonlanuvchi o‘lik holda topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 72 yoshli Xu Kan Tran o‘z joniga qasd qilgan.

Bundan tashqari, 23-yanvar kuni Ayova shtatida De-Moyn shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Ikki maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, ta’lim muassasasining bir xodimi og‘ir ahvolda qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring