Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kal bo‘lib qolmaslik uchun foydali mahsulotlar

Kal bo‘lib qolmaslik uchun foydali mahsulotlar

Foto: «Fotolia / Kurhan»

Diyetolog Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtirishga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. Bu haqda «Express» xabar berdi.

Bunday mahsulotlar orasida mutaxassis, ayniqsa, avokadoni alohida ta’kidlab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta meva tarkibida soch terisini himoya qiladigan Ye vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning taxminan 20 foizi bor.

Shuningdek, sochni mustahkamlash uchun diyetolog batatni maslahat beradi — ushbu sabzavot beta-karotinning boy manbai bo‘lib, soch o‘sishini tezlashtiradi.

«Kerakli ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga olgan to‘g‘ri parhez yomon ovqatlanish tufayli to‘kilib ketgan soch o‘sishiga yordam beradi», — deydi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring