«Kafolat ta’mir»dan aholi rozimi?
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti tizimini 1,4 milliard yevroga modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda degan xabarni shu yilning avgust oylarida ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan edim. Unda Toshkent shahrida 9 165 ta ko‘p qavatli uy, 3 475 ta ijtimoiy ob’yekt markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda magistral va tarqatish tarmoqlarining 72 foizi, markaziy qozonxonalarning hammasi, mahalliy qozonxonalarning 90 foizi eskirgan degan ma’lumot ham keltirilgan edi.
Nahotki, O‘zbekiston poyxtidagi ko‘p qavatli uylarning ahvoli shunday bo‘lsa, degan achinarli fikr xayolimdan o‘tdi. Lekin bu ayni haqiqat ekanligiga jonli guvohi bo‘ldim. Shu yilning yoz oylarida Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan Toshkent shahriga uy sotib olib, oila a’zolarim bilan ko‘chib keldik.
Poytaxtdagi ko‘p qavatli uylarda kunning sovuq kunlarida ham muammo bo‘lmasa kerak degan fikrda edim. Sababi Olmaliq shahrida biz yashagan ko‘p qavatli uyda deyarli kunning sovuq, issiq kunlari bo‘lishiga qaramay, issiqlik tizimida va, bir so‘z bilan aytganda, shirkat bilan bog‘liq muammolarga duch kelsak, tezda bartaraf etilgan edi.
Yangi sotib olgan uyimiz santexnik holati ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgan ekan. Bizdan avval ijarachilar yashaganligi bois uyning holatiga qaramagan, ko‘p qavatli uylarga mas’ul shirkatga ham murojaat qilmagan bo‘lsa kerak degan fikrda edik. Qo‘shnilarimizning ayti
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter