Kadastr tizimida «tozalash ishlari» boshlandi
Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko‘ra lavozimini suiste’mol qilib, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o‘z nafsini o‘ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud, deyiladi Davergeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, 10-iyul kuni kadastr yo‘nalishida ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlarga yo‘l qo‘ygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
«Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi.
Hurmatli fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Agarda Siz yuqorida aytib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha korrupsion holatlarga duch kelsangiz bizga (telegram bot @ygkuzbot, elektron pochta [email protected]) xabar bering», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter