Kobuldagi portlashda qurbon bo‘lganlar soni haqida ma’lumot berildi
Kecha, 11-yanvar kuni Kobulda Tashqi ishlar vazirligi qarshisida terakt sodir etilgani va qurbonlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Qator OAVlarda hodisa qurbonlari soni 20 dan oshgani yaralanganlar soni 27 kishi ekani aytilmoqda.
Kobul politsiyasi matbuot kotibi Xalid Zadran bergan yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra esa portlash natijasida 5 nafar tinch aholi qurbon bo‘lgan, bir necha kishi jarohat oldi.
«Islom amirligi musulmonlarga qilingan bu maqsadsiz va qo‘rqoqlarcha hujumni qoralaydi va Xudo xohlasa, aybdorlar topilib, ular jinoyatlariga yarasha jazo beriladi», – deb yozadi Xalid Zadran.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter