Jurnalist Rossiyada va O‘zbekistonda qurilgan uylarni solishtirdi
RBK jurnalisti Pavel Demidovich o‘z telegram-kanalida Rossiyani «kichik xonadonli uylar mamlakati» deb ta’rifladi.
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2020-yilda qurilgan uylarning xonadonlari maydoni o‘rtacha 77 kv. metrni tashkil etgan. Moskvada esa ommaviy segmentdagi o‘rtacha kvartira 46 kvadrat metr joyni egallaydi.
Sobiq Ittifoq va ayrim Sharqiy Yevropa mamlakatlari statistikasini ham keltirgan Demidovichga ishonadigan bo‘lsak, Latviya va O‘zbekistonda 2020-yilda Rossiyadagiga nisbatan ikki baravar katta maydonga ega xonadonli uylar qurilgan — o‘rtacha 148 kvadrat metrdan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter