Jurnalist Abdukarim Mirzayevga O‘zbekistonda ish ochilmagan – Bosh prokuratura
Turkiyada qo‘lga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayevga O‘zbekistonda hech qanday jinoiy ish ochilmagan va u qidiruvda emas.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shu kunlarda Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayevning qo‘lga olinishiga aloqador emasligi ma’lum qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» mahkama matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar qildi.
Uning qayd etishicha, Bosh prokuraturada Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq jinoiy ish mavjud emas, uning o‘zi ham qidiruvga berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11-dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter